Eshigingizgacha yetkazib berish!

Uskunalarga o'zingizga qulay bo'lgan tarzda to'lashingiz va uyingizdan chiqmasdan qa'bul qilishingiz mumkin.

Avtomobillarga xizmat ko'rsatish uskunalari

Maqbul narxlar, taniqli brendlarning yuqori sifati. 2 yillik kafolat

 Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish bozorida 15 yillik tajriba
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish bozorida 15 yillik tajriba
 Avtomobillarga xizmat ko'rsatish uskunalari bo'yicha professional maslahat
Avtomobillarga xizmat ko'rsatish uskunalari bo'yicha professional maslahat
Uskunalarni ishlab chiqaruvchilar bilan muntazam ravishda mashg'ulotlar o'tkazish
Uskunalarni ishlab chiqaruvchilar bilan muntazam ravishda mashg'ulotlar o'tkazish
Avtomobillarga xizmat ko'rsatish majmuasini ochish bo'yicha maslahatlar
Avtomobillarga xizmat ko'rsatish majmuasini ochish bo'yicha maslahatlar
 Mutaxassislarni o'qitish va tayyorlash
Mutaxassislarni o'qitish va tayyorlash
Ko'rgazma va konferentsiyalarda muntazam ishtirok etish
Ko'rgazma va konferentsiyalarda muntazam ishtirok etish

Biz sizga doimo yordam berishga tayyormiz

Наш адрес

Yangi Sergeli 56, Toshkent O'zbekiston

Elektron pochta manzili

info@automaster.uz

Toshkentda zaruriy avtoservis uskunalarini xarid qilish

«automaster.uz» O`zbekistonda avtoservis uchun uskunalar yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan hisoblanadi. Ushbu sohada 2003 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. O`tgan davr mobaynida o`nlab yetakchi ishlab chiqaruvchilar «automaster.uz» hamkoriga aylanishdi. Kompaniyaning doimiy mijozlari bazasi yuzlab mijozlar bilan tobora kengayib bormoqda. Mijozlarning ko`plari o`z bizneslarini kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan tayyor loyihaviy dasturlar asosida boshlashgan va yuritishmoqda. Sizning ATXKS (avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish stantsiyalari) allaqachon aholiga xizmat ko`rsatayotgan yoki endigina uni tashkil qilishni rejalashtirayotgan bo`lsangiz, «automaster.uz» da kerakli bo`lgan avtomobillar uchun texnik xizmat ko`rsatish uskunalarini sotib olishingiz va shu bilan birga maksimal darajada faoliyatingizni rivojlantirishingiz mumkun.

automaster.uz tomonidan sizning xaridingiz davomida taqdim etiladigan qulayliklar

O`zbekistonda avtoservis uchun zaruriy asbob-uskunalar va jihozlarni yetkazib berish sohasi bo`yicha «automaster.uz» to`plangan 17 yillik ish tajribasi, mijozlarning qiziqishlari va ehtiyojlarining tabiatini izchil tadqiq qilishga imkon yaratdi. Kompaniya xaridorlarga xizmat ko`rsatishda «Individual yondashuv» usulidan foydalangan holda har bir mijoz uchun o`ziga xos hamkorlik shartlarni taklif qiladi.

«automaster.uz» ning malakali menedjerlari yirik avtoservis tarmoqlari va kichik turdagi ATXKS (avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish stantsiyalari) uchun eng yaxshi uskunalarni tanlab berishadi. Ular tomonidan taqdim etiladigan kataloglarda o`z faoliyat turi bo`yicha amaliy tajribaga ega kompaniyalar uchun mahsulotning turli xil pozitsiyalari keltirilgan bo`lib, biznesni noldan boshlash bosqichida turgan mijozlar uchun esa mutaxasislar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus loyihaviy dasturlar (avtoservis uchun uskunalar to`plamlari) ilova qilingan.

Toshkentda avtoservis uchun zaruriy jihozlar va asbob-uskunalar (apparaturalar) sotib olish uchun kompaniyaga murojaat qilish orqali siz o`zingiz uchun manfaatli bo`lgan bir qator qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ham ega bo`lasiz.

«automaster.uz» bilan hamkorlikning afzalliklari:

  • Kompaniya o`z mijozlari uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan avtoservis uchun uskunalarning keng tanlovi. Assortimentga Feniks, Aeroforce, Unite, LED, RoadBuck, Launch, FyTech, Bosheng, Amanti, Rockforce va boshqa mazkur soha bo`yicha dunyo miqyosidagi lider kompaniyalari mahsulotlarining eng yaxshi modellari kiritilgan. Kompaniya tomonidan faqat original mahsulotlarni yetkazib berish ortidan barcha xarid qilingan avtoservis uskunalariga belgilangan davr uchun kafolat ham taqdim qilinadi.
  • Toshkent uchun avtoservis uskunalariga belgilangan arzon narxlar. «automaster.uz» mahsulotlar savdosi ulgurji narxlar asosida amalga oshiriladi. Shu sababli, avtoservis uchun uskunalarga belgilangan narxlar O`zbekiston uchun eng past bozor ko`rsatkichi narxlariga mos keladi.
  • Tez va arzon etkazib berish xizmati. Elektron hamyondan yoki pul o`tkazish orqali to`lovni amalga oshirgandan so`ng, siz hatto ofisingiz yoki xonadoningizdan chiqmasdan avtoservis uchun buyurtma qilingan uskunalarni qabul qilib olishingiz mumkin. Barcha jihozlar va asbob-uskunalar (apparaturalar) automaster.uz xodimlari tomonidan "manzildagi uy"gacha yetkazib beriladi.
  • Tayyor loyihalar. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya turli xildagi tadbirkorlik toifalari uchun mo`ljallangan bir nechta tayyor avtoservis uskunalar to`plamini tayyorlagan. Ular orasida yangi ATXKS (avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish stantsiyalari) yoki avtomobillarni ta`mirlash ustaxonalarini ochish uchun mo`ljallangan «Start Up» loyihalari ham mavjud.

O`zbekistonda avtoservis vositalariga buyurtma berish bo`yicha kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan tijoriy takliflarning afzalliklari orasida malakali maslahatchilarning xizmatlari ham mavjud. Kompaniyamizning mijozlarni qo`llab-quvvatlash bo`limi xodimlari nafaqat zaruriy ma`lumotlarni taqdim etadilar, balki shinalar montaji uchun stendlarni, kompressorlarni, kuzov uchun qurulmalarni (apparaturalarni) va boshqa avtoservis uskunalarni tanlashda yordam amaliy ko`mak beradilar.

FAQ: Mijozlar tomonidan beriladigan odatiy savollar

Xizmat ko`rsatish tartibini soddalashtirish va uning sur`atini oshirish maqsadida kompaniya mijozlarni qo`llab-quvvatlash bo`limiga ma`sul xodimlari tomonidan javob berilishi kerak bo`lgan eng ko`p takrorlanadigan/odatiy savollarga javoblar quyida havola etiladi.

  • Avtoservis uskunalarini (ijaraga, kredit yoki lizing asosida) sotib olishning qulay variantlari mavjudmi?— Xarid qilinadigan mahsulot uchun to`lovni amalga oshirish muddatining an`anaviy turi bilan bir qatorda, avtoservis uskunalari va jihozlarini «bo`lib to`lash» orqali sotib olish kabi qulay to`lov muddati turi ham mijozlariga taklif etiladi.
  • Siz qanday to`lov usullarini taklif qilasiz? — Bizda sotib olingan avtoservis uskunalari uchun to`lovlar quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin: naqd pul ko`rinishidagi to`lov, mablag`ni bizning bank hisob raqamimizga o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladigan to`lov, PayME va Click elektron to`lov tizimi va terminallar orqali amalga oshiriladigan to`lov.
  • Boshqa mijozlarning sizning kompaniyangiz tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar sifati haqidagi mulohazalari bilan qayerda tanishish mumkin?— Siz Yandex va 2Gis internet resurslaridan foydalangan holda xizmat ko`rsatish sifati haqidagi mijozlarning mulohazalari va avtoservis uchun taqdim etilayotgan uskunalar haqida ma`lumotlar bilan osongina tanishib chiqishingiz mumkin.